28 Oktyabr 2024 yil 3697

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in ravishda olib borilmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri — daraxt ekish hamda parvarishlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Shu boisdan Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilot va muassasalar tomonidan kuzgi mavsumidagi daraxt ekish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedovning 2024 yil 5 oktyabr kungi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida ko‘chat ekish ishlarini samarali tashkil etish, ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon shahar, Andijon, Asaka, Izboskan hamda Paxtaobod tumanlarida mevali va manzarali ko‘chatlarini ekish ishlari boshlanib, jadal suratlarda davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech