13 Iyul 2024 yil 1528

Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Yosh xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish hamda Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati IIB boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida yosh xodimlar o‘rtasida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tashkil etilgan musobaqa natijasiga ko‘ra, viloyat IIB JXX YHXB bo‘linmalari mobil qurilmalaridan foydalanish guruhi haydovchi-operatori safdor Qosimov Xindolmirzo Oybek o‘g‘li 3-o‘rinni, Marhamat tumani IIB JXX Probatsiya guruhi inspektori katta leytenant Jumaboyev Dilkashbek Xusanali o‘g‘li 2-o‘rinni, viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi moliya guruhi buxgalteri safdor Mahammadjonov Saydullo Xakimjon o‘g‘li esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish,ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech