1 Noyabr 2024 yil 2464

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimlarning ish faoliyatlari hamda yashash sharoitlari yaqindan o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash” to‘g‘risidagi tegishli farmoyishiga asosan ularni ijtimoiy faolligi hamda kasbiy tashabbuskorligini oshirish, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shu bilan birga, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni manzilli tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Barnoxon Mirzayeva tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, xizmat joylari va oilaviy sharoitlari yaqindan o‘rganilmoqda.

Hozirda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech