Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli topshirig‘iga asosan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Mirzayeva hamda psixologlar bilan birgalikda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning yashash sharoitlari hamda ularning ish bilan band bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, ularning oilaviy ijtimoiy -psixologik muhiti bo‘yicha ham suhbatlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan turmush o‘rtoqlarini mahalla xotin-qizlar faollarining ishtirokida o‘zlarini qiziqishlari bo‘yicha Andijon shahrida joylashgan "Ishga marhamat" monomarkazida kasb-hunarga o‘qitib, yakunida imtiyozli subsidiyalardan foydalanishlari bo‘yicha manzilli chora tadbirlar belgilab olindi.
Hozirda bu kabi tadbirlar barcha shahar-tumanlarda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati