1 Aprel 2024 yil 1275

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida bitiruv oldi amaliyotini o‘tayotgan kursantlar bilan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 1-aprel kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarida bitiruv oldi amaliyotini o‘tayotgan IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim 3-bosqich kursantlari bilan boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov huzurida ular tomonidan amaliyotning o‘tgan davri mobaynida o‘zlashtirilgan dasturlar ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama davomida kursantlarga belgilangan o‘quv dasturlarini to‘liq o‘zlashtirishlari, o‘zlariga biriktirilgan tajribali xodimlardan tegishli amaliy ko‘nikmalarni olishlari kerakligi, shu bilan birga, amaliyot davomida xizmat intizomi va qonuniylikka to‘liq rioya etishlari bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, amaliyot yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan sinov imtihonlariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari ham tushuntirib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech