1 Aprel 2024 yil 1120

Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi  

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi,maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish hamda boshqarma boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati IIB boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida yosh xodimlar o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra, Xonobod shahar IIB Kadrlar bilan taʼminlash guruhi katta inspektori leytenant Abdufatoxov Javoxirbek Zokirjon o‘g‘li 3-o‘rinni, Jalaquduq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Mahmudov Mirjalol Mo‘ydinjon o‘g‘li 2-o‘rinni, Bo‘ston tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Abdurahmonov Muhammad Ibrohim o‘g‘li esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasihamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech