Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan shahodatlangan ayol xodimalar uchun saf ko‘rigi va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, ichki ishlar organlarini el-yurt manfaatiga xizmat qiladigan chinakam xalqchil tizimga aylantirish yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda.
Ichki ishlar xodimi bo‘lishdek masʼuliyatli kasbni tanlab, tizimda xizmat olib borayotgan ayol xodimalarning ham soha rivojida munosib o‘rni bor. Xuddi yigitlar kabi ushbu sharafli kasbning mashaqqatlariga yuksak sabr va matonat bilan yondashish, vatan oldida qilgan qasamyodiga sodiq qolish chinakam mard ayollarga xos fazilatdir.
IIVning 2023-yil 25-sentyabrdagi tegishli ko‘rsatmasining ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy va hududiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan saf ko‘rigi va xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.
Dastlab,saf ko‘rigida xodimlarga xizmati davomida kerak bo‘ladigan hujjat va vositalari tekshiruvdan o‘tkazilib, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari olib borildi.
Shuningdek, yil yakunlari bo‘yicha xizmat intizomiga rioya qilish, qonun buzilish holatlarini oldini olish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati