Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish hamda Boshqarma boshlig‘i tomonidan 2024-yil 31-dekabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati IIB boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2025-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida yosh xodimlar o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti leytenant To‘xtaraliyev Jahongir Ismoiljon o‘g‘li 3-o‘rinni, Bo‘ston tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Abdurahmonov Muhammad Ibrohim o‘g‘li 2-o‘rinni hamda Xo‘jaobod tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Yo‘ldashboyev Muhammadsodiq Ma’rufjon o‘g‘li esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati