29 May 2025 yil
1752
Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy muammolari bilan ishlash bo‘yicha manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda
2025-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlari qo‘l ostida xizmat olib borayotgan xodimlarning oilaviy ahvoli va yashash sharoitlarini o‘rganib, ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazishmoqda.
Mazkur tadbirlar xodimlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularning turmush tarzini chuqur o‘rganish hamda ichki ishlar organlarida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Hozirda bu kabi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati