Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bosh g‘oya asosida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” 2025-yil 10-iyuldagi tegishli qarori va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi tegishli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarida bayram tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 30-avgust kuni Andijon viloyati ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar hamda ichki ishlar organlarida samarali mehnat qilib, hozirda nafaqa gashtini surayotgan faxriy xodimlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
O‘zaro ishonch va samimiylik asosida bo‘lib o‘tgan tadbirda faxriylarning sohada ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish borasidagi taklif va fikr-mulohazalari eshitildi.
Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan bir guruh faxriy xodimlar Vazirlik rahbariyatining turli darajadagi mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Faxriylar va yosh xodimlarning ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-axloqiy saviyasini yanada yuksaltirish borasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati