9 May 2025 yil 180

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining “9 may — xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan bayram tabrigi!

Hurmatli yurtdoshlar!

Siz, azizlarni "9-may — Xotira va qadrlash kuni" bayrami munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Mamlakatimizda har yili ulug‘ va unutilmas sana — 9-may kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Bu kun — Vatan ozodligi va tinchligi, xalqimiz erkinligi yo‘lida jon fido qilgan ota-bobolarimizning jasoratini yodga olish, ularga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatish kunidir.

Bugungi tinch va osuda hayotimizning poydevori bo‘lgan ulug‘ fidokorlar — yurtimiz qahramonlarining xotirasi barchamiz uchun muqaddas va ardoqlidir. Mardlarcha jang qilgan, jasorat va matonat namoyon etgan har bir yurtdoshimiz oldida bosh egamiz.

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi nomidan bu muqaddas kunda barcha faxriylarimizni, otaxon va onaxonlarimizni, mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilayotgan barcha insonlarni samimiy tabriklayman. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, farzandlarimizning kelajagi yorug‘ bo‘lsin!

Xotira abadiy, qadr muqaddas!

Hurmat bilan, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik S.B.Djabarov

2025-yil 9-may

Text to speech