Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida “Oila tinchligi–jamiyat farovonligi” dasturi bo‘yicha o‘quv seminar trening mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 24-oktyabrdagi tegishli ko‘rsatmasi talablari ijrosini taʼminlash, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 9-12 dekabr kunlari “Oila tinchligi–jamiyat farovonligi” dasturi bo‘yicha o‘quv seminar trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
O‘tkazilgan seminarda oilaviy munosabatlar psixologiyasi, ichki ishlar organlari xodimi va turmush o‘rtog‘i orasidagi munosabatlar diagnostikasi, oilaviy qadriyatlar tahlili, oilaviy munosabatlar tizimini mustahkamlash, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyatida yuzaga keladigan stress va agressiv xulq-atvorlar kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan mashg‘ulotlar olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabr kungi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" gi Qonunining mazmun mohiyati shaxsiy tarkibga atroflicha yetkazildi.
Bundan tashqari, "Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash" mavzusi bo‘yicha ham batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv seminar trening yakunida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov hamda IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etib, xodimlar o‘rtasida sodir etilayotgan xizmat intizomi va qonun buzish holatlarini oldini olishga qaratilgan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati