Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 15-fevral kungi «Ichki ishlar organlarida “Namunali oila” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida Andijon davlat universitetida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila a’zolari ishtirokida «Namunali oila» ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirokchilar “Tanishtiruv”, “Bu mening oilam” nomli eng yaxshi fotosurat va videoroliklar hamda “Biz kitobxon oilamiz” badiiy adabiyotlardan savol-javob shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Ushbu ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, faxrli 3-o‘rin Bo‘ston tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti Abdurahmonov Muhammad Ibrohim o‘g‘li oilasiga nasib etdi. Faxrli 2-o‘ringa Qo‘rg‘ontepa tumani IIB profilaktika inspektori Obidov Mansurjon Mahammadjon o‘g‘li oilasi loyiq ko‘rildi. Ko‘rik-tanlovning mutlaq g‘olibligini Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimi kapitan Jo‘rayev Xurshid Satvoldiyevichlar oilasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati