Andijon viloyati IIB ayol xodimalari o‘rtasida "Pazanda xodima" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, Vatan taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o‘rnini kuchaytirish borasidagi ishlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelayotganligini inobatga olib, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan ichki ishlar organlari ayol xodimalari o‘rtasida “Pazanda xodima” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda jami 10 ta jamoa ishtirok etib, 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Dast avval, xodima ayollarning pazandalik mahoratlari sinovdan o‘tkazilib, milliy taom bo‘lmish palov tayyorlandi. Shundan so‘ng, salat tayyorlash va stol ustini bezatish kabi shartlar asosida sinovlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida xodimalarni tezkor va chaqqonligini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Mohir qo‘llar” tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.
“Pazanda xodima ayol” ko‘rik tanlovda uchinchi o‘rin “To‘maris” jamoasiga, ikkinchi o‘rin “Everest” jamoasiga hamda faxrli birinchi o‘rin “Barkamol avlod” jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan qimmatbaho sovg‘alar, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi ko‘rik-tanlovlar xodimalarni xar qanday vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish, qiyin vaziyatlarda jamoa bo‘lib ishlash va oilada o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarish kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati