21 Sentyabr 2024 yil 2532

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi “Radikalizm oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusida tashkil etildi   

Bugun 14-sentyabr kuni Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Avazbek Ismoilov tomonidan “Radikalizm oqibatlari va oldini olish yo‘llari” mavzusida atroflicha so‘z yuritildi. Xususan, Ushbu davrning o‘ziga xos jihati siyosiy radikalizmning dinni o‘ziga niqob qilib olishi bilan namoyon bo‘layotgani,  bugungi kunning radikalizmida esa ijtimoiy hayotning ham nazariy, ham amaliy muammolarini hal qilishda zo‘rlik usulidan foydalanishga moyillik alohida xususiyat sifatida shakllanib ulgurayotgani haqida shaxsiy tarkibga qimmatli maʼlumotlar yetkazildi.

Shuningdek, Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Qodirjon No‘monov tomonidan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari” yuzasidan xodimlarga atroflicha tushunchalar yetkazildi.

“Maʼrifat soati” davomida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan har bir rahbar va xodimlar xulosa chiqargan holda xizmat tashkil etishlari kerakligi bo‘yicha aniq vazifa va chora tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birgalikda, Ichki ishlar vaziri hamda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan  o‘tkazilgan “Eng yaxshi psixolog” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Tadbir so‘nggida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyam tomonidan tayyorlangan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi namoyish etildi.


Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech