Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi “Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot ilmda” mavzusida tashkil etildi
Bugun 7 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi bo‘lib o‘tdi.Dastlab, Andijon davlat universiteti dotsenti tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yusufxon Jahongirov tomonidan “Najot taʼlimda, najot tarbiyada, najot ilmda” mavzusi bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Andijon viloyati IIB Tibbiyot bulimi, Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi katta shifokor-epidemologiya podpolkovnik Shavkatali Egamov so‘zga chiqib, bugungi kunda turli davlatlarda kuzatilayotgan Maymunchechagi kasalligining epidemiologiyasi, klinik xususiyatlari va oldini olish chora bo‘yicha barcha shaxsiy tarkibga kerakli tushunchalar yetkazildi.
“Maʼrifat soati” davomida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan har bir rahbar va xodimlar xulosa chiqargan holda xizmat tashkil etishlari kerakligi bo‘yicha aniq vazifa va chora tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vaziri hamda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan “Eng yaxshi ekspert-kriminalist" ko‘rik tanlovida g‘olib va sovrindor bo‘lgan xodimlarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
Tadbir so‘nggida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyam tomonidan tayyorlangan “Tahlilnoma” ko‘rsatuvi namoyish etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati