12 Oktyabr 2024 yil 1374

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi tashkil etildi  

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi avvalida, xodimlar tomonidan davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Badalov Azizbekning “Siyosiy partiyalar va saylov” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

Unda Aralash saylov tizimi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berilib, hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya, Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilayotganli to‘g‘risida aniq misollar yordamida maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek,Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mayor Qodirjon No‘monov tomonidan 2021-yil 5-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” Qonunning mazmun mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga atroflicha yetkazildi.

"Maʼrifat soati" davomida bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Unda dastlab, ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarida taxsil olayotgan yoshlarni intelektual va maʼnaviy saloxiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat va xizmat burchiga sadoqat bilan tarbiyalashga munosib xissa qo‘shganligi uchun IIVning tegishli buyrug‘iga asosan “Paxtaoy” maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimasi Miyassarxon Sobirova pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stiligi miqyosida o‘tkazilgan “Yurt iftixori” xalqaro ilmiy – amaliy ko‘rik tanlovida faol ishtirok etgan Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori leytenant Umidjon Tolibovga “Yurt iftixori” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

“Maʼrifat soati” so‘nggida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan yangi lavozimga tayinlangan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, xodimlar eʼtiboriga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Tahlilnoma” tahliliy ko‘rsatuvi namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Andijon viloyati ichki ishlar organlariga fuqarolardan hech qanday murojaat kelib tushmagan. Shu o‘rinda barcha yurtdoshlarimizdan asoslanmagan, aholida vahima uyg‘otuvchi xabar va maʼlumotlarni tarqatmasliklarini, agarda haqiqatdan ham shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelinganda zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar berishlarini so‘rab qolamiz!  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech