21 Oktyabr 2024 yil 2397

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi “O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” mavzusida tashkil etildi    

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi  "Maʼnaviyat va maʼrifat" darsi avvalida, xodimlar tomonidan davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng, Andijon davlat universiteti Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Xalimjon Karimovning “O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.

Unda o‘zbek tilining shakllanish tarixi, bugungi kunda davlat tiliga berilayotgan eʼtibor to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar taqdim etildi.

“Maʼrifat soati” davomida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan vazirlik va boshqarma rahbariyatining ko‘rsatma va topshiriqlari shaxsiy tarkibga yetkazilib, xodimlar eʼtiboriga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Tahlilnoma” tahliliy ko‘rsatuvi namoyish etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech