Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi “Til-millat boyligi” mavzusida o‘tkazildi
Ichki ishlar vazirining "Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy xizmati faoliyatini takomillashtirish chora -tadbirlari to‘g‘risida" gi 400-sonli buyrug‘i talablari asosida bugun 27-aprel kuni Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi "Ma’naviyat va ma’rifat" darsi tashkil etildi.
Dastlab, Andijon davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Zamiraxon Jo‘raboyeva tomonidan “Til-millat boyligi” mavzusida ma’ruza qilindi.
Unda muayyan xalqning milliy tili orqali, tilga bo‘lgan e’tibori orqali uning ma’naviyatini, tarixini anglash va tushunish mumkinligi, til — millat ma’naviyatining ko‘zgusi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilganligi va ona tilimizning kecha va buguni to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Andijon viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi katta inspektori katta leytenant Ibrohim Muxtorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2017-yil 15-mart kungi 55-sonli buyrug‘ining mazmun mohiyatini shaxsiy tarkibga batafsil yetkazildi.
Ma’rifat soati davomida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib,turli noxush holatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha hushyorlikka chaqirildi.
Bundan tashqari, xizmat davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh xodimlar ham munosib rag‘batlantirildilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati