17 Oktyabr 2025 yil 39

Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Andijon shahri va Andijon tumanlarida aholi osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyat o‘rganildi

Joriy yilning 16-oktyabrdan 17-oktyabrga o‘tar kechasi Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Andijon shahri va Andijon tumanlarida tungi vaqtda aholi osoyishtaligini ta’minlash ahvoli o‘rganildi.

Dastlab, Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Maxsus qabulxonasiga tashrif buyurib, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash sharoiti bilan yaqindan tanishib, kunlik xizmatga tushgan va navbatchilik qismi xodimlariga qo‘shimcha yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Shuningdek, Andijon shahrida joylashgan viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga borilib,  markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, xodimlarga qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi.

Bundan tashqari, Andijon tumani Do‘ngqishloq mahallasiga tashrif buyurilib, xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar ahvoli o‘rganildi. Tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar bilan bilan suhbatlashilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Do‘ngqishloq mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori mayor Soliyev Muhammadrizoning xizmat faoliyati o‘rganilib,  u tomnidan berilgan takliflar bo‘yicha hududga qo‘shicha patrullik yo‘nalishlari ajratiladigan bo‘ldi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech