7 May 2025 yil 381

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining Buloqboshi tumanida aholining ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlarini hal etishga qaratilgan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Xalq dardini tinglash, odamlar muammosiga yechim topish, aholi bilan yaqindan muloqot o‘rnatish bugungi kunda  har bir rahbar oldidagi eng dolzarb, eng ustuvor vazifalardan biridir.

Ayni shu maqsadda Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan Buloqboshi tumani aholisining ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolardan yoshlarga yer ajratish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit mablag‘lari ajratish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan mas’ul rahbarlar va mutaxassislar ishtirokida tegishli tartibda hal etish choralari ko‘rildi.

Sayyor qabulda yurtdoshlarimizning har bir murojaati yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli mutasaddilarga muhim vazifalar belgilab berildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarni aniqlash, joyida hal qilish, ularni bartaraf etish maqsadlariga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech