Andijon viloyati IIB boshlig‘i otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazdi
Joriy yilning 30-sentyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Sanjar Djabarov tomonidan viloyat IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida yoshlarning kundalik hayoti, ta’lim olish jarayonlari, kasbga qiziqishlari hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan choralar ham muhokama qilindi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi.
Ayrim muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ijtimoiy-huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularni sog‘lom hayotiy qarashlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati