1 Oktyabr 2025 yil 706

Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarovning “1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi!

Hurmatli Ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan aziz va mo‘tabar bayram — 1-oktyabr, O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan, eng ezgu va samimiy tilaklarim bilan tabriklayman!

Inson hayotida ilm-fanga bo‘lgan muhabbat, vatanparvarlik tuyg‘ulari, yuksak ma’naviyat va fidoyilikni shakllantiradigan eng ulug‘ zotlar – bu siz aziz ustozlardirsiz. Sizlarning mehnatingiz, sabr-toqatingiz, fidoiylingiz orqali kelajagimiz bo‘lgan yoshlar haqiqiy inson va yurtga fidoiy shaxs sifatida tarbiya topmoqda.

Har bir muvaffaqiyatli shaxs, har bir buyuk yurt farzandi ortida albatta bir ustozning mehnati, mashaqqati va duosi bor. Bugun ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan jonkuyar xodimlarimizning ham shakllanishida, vatanga sadoqat bilan xizmat qilishida sizlarning hissangiz beqiyos.

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinch va fayzli hayot, ta’lim-tarbiya sohasidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi avlodni tarbiyalashdagi ulug‘vor va xayrli ishlaringiz doimo samarali bo‘lsin!

Hurmat bilan, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik S.B.Djabarov

2025-yil 1-oktyabr.

Text to speech