Andijon viloyati IIB faxriy xodimlari o‘rtasida “Yilning eng faol faxriy xodimi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 15-iyuldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatida faxriy xodimlarning rolini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 20-sentyabr kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarida “Yilning eng faol faxriy xodimi” ko‘rik-tanlovining viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu tanlovda viloyat ichki ishlar organlarning eng faol faxriy xodimlari ishtirok etdilar.
Tanlov ishtirokchilari shaxmat sport turi va test asosida tayyorlangan bilet savollariga tezkor javob berish borasida bellashdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, iste’fodagi mayor Bahodir Tojiboyev 3-o‘rinni, istefodagi podpolkovnik Sohibjon Yuldashevga
2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, iste’fodagi podpolkovnik Sodiqjon Nishonov 1-o‘rinni egallab, mazkur tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlari boshqarma boshlig‘ining diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati