8 Noyabr 2024 yil 1714

Andijon viloyati IIB xizmat sohalari va barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida kitob yarmarkalari tashkil qilindi

Yangilanayotgan mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy islohatlarga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu boisdan ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetini kuchaytirish, kasbiga sadoqat va fuqarolik burchini vijdonan ado etishga qaratilgan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi talablarini bajarish hamda shaxsiy tarkibning huquqiy, siyosiy, maʼrifiy bilimlarini yuksaltirish maqsadida Andijon viloyati IIB xizmat sohalari va barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida Toshkent “Uchar-gilam” MCHJ bilan hamkorlikda “Kitob” savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Unda barcha shaxsiy tarkib o‘zi va farzandlari uchun kitob xarid qilishib, yarmarkada faol ishtirok etishdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech