2 Aprel 2024 yil 1529

Andijon viloyati IIB Ekspert kriminalistika markazi masʼul rahbar xodimlari tomonidan Andijon shahrining 3-sektor hududidagi Qoraqo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar bilan vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 13-yanvar kungi 16-sonli buyrug‘iga asosan ichki ishlar organlari tomonidan 1 million yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlar tashkil etish borasidagi topshirig‘iga asosan joriy yilning 1 aprel kuni Andijon viloyati IIB Ekspert kriminalistika markazi masʼul rahbar xodimlari tomonidan Andijon shahrining 3-sektor hududidagi Qoraqo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlarni Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Andijon viloyati IIBning “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat uyushtirilib, unda Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishildi.

Bir so‘z bilan aytgan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirlar katta taassurot qoldirdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech