16 Oktyabr 2024 yil 873

Andijon viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi xodimi “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi

Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” Respublika ko‘rik tanlovida hududiy saralash bosqichidan o‘tgan 16 ta jamoa va 32 nafar ekspert-kriminalistlar “eng yaxshi” eʼtirofga sazovor bo‘lish uchun bellashdilar.

Ko‘rik tanlovning Respublika bosqichi yuqori saviyada juda qizg‘in va ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi. Bunda ekspertlarning ziyrakligi, jinoyatlarni fosh etishdagi ilmiy-texnik salohiyati bo‘yicha sinovlar qabul qilindi. Ko‘rik tanlovning o‘tkazishdagi asosiy maqsad soha xodimlarini xizmatga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish, munosib ekspert-kriminalist xodimlari orasidan eng yaxshilarini aniqlash va ularni ijtimoiy qo‘llab quvvatlashdan iborat. Tanlov ishtirokchilari belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli uddalab, bor bilim va kasbiy ko‘nikma mahoratlarini namoyon etishdi.

Bellashuvning sinov natijalariga ko‘ra, “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Madaminov Mirjalol Mirzakarim o'g'li faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech