5 Sentyabr 2025 yil 905

Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi va uning quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat ichki ishlar organlarining barcha ekspert-kriminalistlari ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratini namoyish qildi.

Ko‘rik tanlov ekspert-kriminalistika faoliyati yo‘nalishida yakka tartibdagi suhbat, ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan test sinovlari, kalashnikov avtomati va makarov pistoletini to‘liqsiz qismlarga ajratish, yig‘ish sinovlari,  bosqichlarida o‘tkazildi.

Tanlovda baholash natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi Biometrik identifikatsiya qilish guruhi bosh eksperti kapitan Madaminov Mirjalol, 2-o‘rinni viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi Biometrik identifikatsiya qilish guruhi katta eksperti katta leytenant Umarova Dilbarxon hamda 3-o‘rinni Bo‘ston tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Abdurahmonov Muhammadjonlar egalladilar.

Hududiy saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlar endi Respublikada bo‘lib o‘tadigan ko‘rik tanlovda ishtirok etishadi.

Mazkur tanlov ekspert-kriminalistlar bilim va malakasini oshirish, sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda sohada malakali kadrlar safini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech