Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda ularning joylardagi tuzilmalari bilan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 5-fevral kuni Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va ularning joylardagi tuzilmalari bilan o‘tgan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Davronov Jonibek Mardonqulovich, IIV SHXBB andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Furqatov Anvarjon Furqatovich, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi hamda Faxriylar kengashi raisi qatnashdilar.
Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazildi. Unda 2023-yilda aynan maʼnaviy maʼrifiy ishlar, kadrlar bilan taʼminlash hamda xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi yo‘nalishlarida masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar muhokama qilinib, ularga tegishli taʼsir choralari ko‘rildi.
Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlariga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati