Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda ularning joylardagi tuzilmalari bilan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va ularning joylardagi tuzilmalari bilan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, kadrlar bilan taʼminlash, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar tanqidiy muhokama qilinib, ularga tegishli taʼsir choralari ko‘rildi.
Yig‘ilishda xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘qitish tizimini takomillashtirish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat va qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholining roziligiga erishish eng asosiy vazifa ekanligini taʼkidlandi.
Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlarga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati