Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi
Joriy yilning 27-noyabr kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi, Jalaquduq, Asaka, Marhamat, Oltinko‘l hamda Andijon tumani IIBlarida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini shaxsiy tarkibga yetkazish, korrupsion holatlarning oldini olish va ayanchli oqibatlari hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishlarda Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati va masʼul xodimlari hamda shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish masalalari hamda IIO tizimida olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha "Dolzarb 15 kunlik" tadbirlar atroflicha muhokama qilinib, bu borada tuman IIBlari rahbariyatiga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.
Yakunda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati