15 Iyul 2024 yil 2565

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda ularning joylardagi tuzilmalari bilan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 13-iyul kuni Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va ularning joylardagi tuzilmalari bilan o‘tgan birinchi yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda o‘tgan 6 oy davomida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, kadrlar bilan taʼminlash, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishlarida masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar tanqidiy muhokama qilinib, ularga tegishli taʼsir choralari ko‘rildi.

Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlariga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech