29 Dekabr 2023 yil 3239

Andijon viloyati IIB rahbariyati tashabbusi bilan ichki ishlar xodimlari va ishchi xizmatchilar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi

Yurtimizda bayramlar arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Shu munosabat bilan ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab barcha korxona va tashkilotlarda oziq-ovqat yarmarkalarining o‘tkazilayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratmoqda. Jumladan, bayram oldidan oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi va xavfsizligini hamda xalqimizni arzonlashtirilgan oziq - ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida  ichki ishlar xodimlari va  ishchi xizmatchilar oila aʼzolari uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.

Savdo yarmarkasida hududiy taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan qoramol go‘shti, qo‘y go‘shti, tuxum, baliq, o‘simlik va paxta yog‘i hamda un hamda ho‘l va quruq mevalar, shirinliklar kabi mahsulotlarini qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Bayram arafasida bu kabi yarmarkalarni o‘tkazib borilishi  ichki ishlar xodimlari va ishchi xizmatchilarning vaqti tejalishiga ularning oila aʼzolarini esa bayramni to‘kin dasturxon ila yaxshi kayfiyatda qarshi olishlariga ko‘mak beradi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech