8 Aprel 2025 yil
1974
Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati, oilaviy turmushdagi muammolari va ijtimoiy masalalari yuzasidan qabul o‘tkazildi
Shaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish va ular tomonidan turli ko‘rinishdagi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati, oilaviy turmushdagi muammolari va ijtimoiy masalalari yuzasidan qabul tashkil etildi.
Qabul davomida jami 26 nafar xodim bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Barcha murojaatlar tinglanib, ularni hal etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, suhbatlar davomida salbiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy amal qilish yuzasidan ham tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati