Andijon viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunbuzilish holatlarini oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya etishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etildi
Andijon viloyati IIB Qo‘riqlash boshqarmasida shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunbuzarlik holatlarini oldini olish, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish, fuqarolar bilan muomalada odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir boshqarma boshlig‘i rahbarligida tashkil etilib, xodimlar o‘rtasida huquqbuzarlik va nosog‘lom holatlarning oldini olish, mas’uliyat va intizomni yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, shaxsiy tarkib ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, haydovchilar bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, yo‘lda harakatlanish madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati va IIB JXX YHXB mas’ullari tomonidan avtotransport vositalarini boshqarganda tezlikni oshirmaslik, chalg‘imaslik, doimo sergak bo‘lish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Barcha shaxsiy tarkib, yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalarini o‘rganishi lozimligi aytib o‘tildi hamda xodimlarning yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan so‘ngi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida mas’ullar tomonidan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining sozligi, texnik holati ham ko‘rikdan o‘tkazildi. Xodimlar yo‘llarda yurgan vaqtlarida harakat ishtirokchilarini hurmat qilishlari, belgilangan qoidalarga amal qilishlari lozimligi yana bir bor e’tirof etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati