6 Fevral 2024 yil 1304

Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan yoshlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha “Yoshlar bilan ko‘chma sayyor qabul avtobusi” tashkil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-sentyabr kungi "Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 468-son qarori ijrosini taʼminlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan yoshlarning muammolarini o‘rganish bo‘yicha 2024-yil 27-yanvar kunidan 24-fevral kuniga qadar “Yoshlar bilan ko‘chma sayyor  qabul avtobusi” tashkil qilindi.    

Joriy yilning 6-fevral kuni ushbu sayyor qabulni o‘tkazuvchi bir qator tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirokida Izboskan tumanining Guzar hududida sayyor qabul avtobusi ishga tushirilib, mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi 26 nafar uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida masʼul xodimlar tomonidan yangi qabul qilingan qaror va farmonlar, ularni yoshlar hayotidagi ahamiyati, jinoyatchilik yo‘liga olib boruvchi omillar taʼsiriga tushib qolmaslik, bugungi kun iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish darajalari va unda ushbu yoshlarning ishtiroki hamda boshqa shu kabi muhim masalalarga oid kerakli maslahatlarni berdilar.

Shu bilan birga yoshlarning muammolari, fikr va mulohazalari eshitilib,  belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. Aniqlangan muammolarni masʼul xodimlar ishtirokida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiyevga “Yoshlar bilan ko‘chma sayyor  qabul avtobusi” bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech