16 Noyabr 2024 yil 2504

Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma hamda uning quyi tizimlaridagi xodimlar ishtirokida sohaga oid dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Sh.I.Soipov boshchiligida Tashkiliy boshqarma Tezkor-boshqaruv markazi Navbatchilik qismi va uning quyi tizimlari navbatchilari, ularning yordamchilari, tashkiliy bo‘lim, bo‘linmalar boshliqlari, murojaatlar bilan ishlash guruhi va kotibiyat masʼul xodimlari ishtirokida sohaga oid dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Tashkiliy boshqarma va uning quyi tizimlari xodimlari tomonidan xizmatni o‘tashda, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritishda vazirlikni meʼyoriy buyrug‘i talablariga qatʼiy rioya etishlari, ijro intizomini taʼminlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari navbatchilik qismi xodimlarini hushyor va sergak holda xizmat o‘tashlari, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan va masʼuliyat bilan bajarishlarini taʼminlash, kunlik xizmatga jalb qilinayotgan naryadlar xizmatini nazorat qilishlari, har bir hodisa va xabarlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishlari yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.  

Yig‘ilish so‘nggida, xodimlarning kiyim-bosh kiyish tartibiga rioya etishlari yuzasidan saf ko‘rigi o‘tkazilib, ular bilan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida Tashkiliy boshqarma masʼul xodimlari tomonidan soha xodimlarining xizmat vazifalari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech