Andijon viloyati IIB tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi. Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Andijon viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 175 (bir yuz yetmish besh ) santimetrdan past bo‘lmagan;
- O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylari bitiruvchilari;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan;
- Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rinlar) bo‘lganlar va sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;
- xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Joriy yilning 10-may kunidan 2025-yil 20-may kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalari, boshqa ommaviy axborot vositalari yoki 74-299-11-88 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Eslatma: Har bir nomzod ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgandan so‘ng, test sinovlariga huquqshunoslik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha o‘qib tayyorgarlik ko‘rib turishlari lozim bo‘ladi.
Andijon viloyati IIB MA’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati