Andijon viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi hamda Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Milliy gvardiya xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Joriy yilning 26-yanvar kuni Andijon viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari hamda Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Milliy Gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminari davomida axborot xavfsizligi, Kibergigiyenaga rioya qilish, onlayn qimor o‘yinlari va uning salbiy oqibatlari hamda shaxsiy maʼlumotlarni oshkor etmaslik yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida Andijon viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ham atroflicha tushunchalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati