Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomi hamda shaxsiy tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 6-fevral kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.M.Davronov va IIV SHXBB andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan boshqarma Tibbiyot bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomi hamda shaxsiy tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini yanada oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan kontingentga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifat va samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, to‘g‘ri ovqatlanish, sport mashg‘ulotlarini inson organizmiga foydali tomonlarini targ‘ib etishlarini yanada jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda harbiy-tibbiy komissiyasi ekspert shifokorlari va unda ishtirok etuvchi poliklinika mutaxassis shifokorlari tomonidan nomzodlarni harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazishda sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymasliklari, o‘zlariga biriktirilmagan ishlarga aralashmasliklari, tamagirlik, poraxo‘rlik va moddiy manfaatdor bo‘lmasliklari, aks xolda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildilar.
Bundan tashqari, IIB poliklinikasi shifokorlari hamkorligida uzoq vaqt kasalligi tufayli yotib qolgan IIB pensioneri, kapitan 1-guruh nogironi Inomjon Rizayevning yashash xonadoniga borib xolidan xabar olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati