Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomi hamda shaxsiy tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 14-oktyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan boshqarma Tibbiyot bo‘limi shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunchilik, xizmat va ijrochilik intizomi hamda shaxsiy tarkibga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini yana-da oshirish yuzasidan 9 oy yakuni bo‘yicha hisobot yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Tibbiyot bo‘limiga biriktirilgan kontingentga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifat va samaradorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, to‘g‘ri ovqatlanish, sport mashg‘ulotlarini inson organizmiga foydali tomonlarini targ‘ib etishlarini yana-da jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda harbiy-tibbiy komissiyasi ekspert shifokorlari va unda ishtirok etuvchi poliklinika mutaxassis shifokorlari tomonidan nomzodlarni harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazishda sarsongarchilikka yo‘l qo‘ymasliklari, xizmat vazifasiga kirmaydigan ishlarga aralashmasliklari, tamagirlik, poraxo‘rlik va moddiy manfaatdor bo‘lmasliklari, aks xolda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildilar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov tomonidan Andijon viloyati IIB faxriylari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni yana-da jadallashtirish, IIB poliklinikasi shifokorlari hamkorligida uzoq vaqt kasalligi tufayli yotib qolgan IIB pensionerlarining yashash xonadonlariga borib tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati