27 Dekabr 2023 yil 3409

Andijon viloyati IIB tomonidan Asaka tumanidagi “Nurli maskan” maktab-internati o‘quvchi va tarbiyalanuvchilari uchun "Yangi yil bayrami" tadbiri tashkil etildi

Yangi yil o‘zgacha kayfiyatda kutiladigan bayram. Uning moʻjizakorligi ko‘ngillarga ko‘tarinki ruh, zavqu-shavq olib kelishidir. Ayni kunlarda  yurtimiz bo‘ylab barchaga shodu-xursandchilik ulashib, yangi yil shukuhi kezib yuribdi. Xususan, Yangi yil bayrami munosabati bilan Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida ham turli xil ko‘ngilochar bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon viloyati IIB tomonidan Asaka tumanidagi “Nurli maskan” maktab- internatining boshlang‘ich  va yuqori sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan "Yangi yil" bayrami tadbiri ham ularning sho‘x-shodon o‘yin kulgulari va betakror sahna chiqishlari bilan barchaga o‘zgacha zavq ulashdi.

Bayram tadbirlarida 125 nafar o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirok etdilar. O‘quvchilar tomonidan yangi yil haqidagi kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlarining chiqishlari o‘quvchilarga olam-olam quvonch bag‘ishladi.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar o‘quvchilar va maktab-internati jamoasini yangi yil bayrami bilan samimiy qutlab, ularga yangi yil sovg‘alarini ulashdilar.

Bundan tashqari o‘quvchilar uchun bayram dasturxoni ham tashkil etildi.

Bir so‘z bilan aytganda “Nurli maskan” maktab- internatida tashkil etilgan yangi yil bayrami tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech