Andijon viloyati IIB tomonidan Oltinko‘l tumanining Qipchoq mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlarning muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda
Andijon viloyati IIB tomonidan Oltinko‘l tumanining “Qipchoq” mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlarning muammolarini hal etish hamda ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 28-noyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronovning tashabbusi bilan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul xodimlari va "mahalla yettiligi" aʼzolari bilan Qipchoq mahallasining So‘lim ko‘chasida yashovchi otaliqqa olingan 2007 yilda tug‘ilgan Axmadjonova Mexribonu, Qipchoq mahallasining Oltinvodiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan Xakimova Zaynabxon, Qipchoq mahallasining Saodatli ko‘chasida istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan Arabboyeva Muslimaxonlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun chok moshinalar topshirildi.Hozirda otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati