Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Oltinko‘l tumanidagi Qipchoq mahallasida yashovchi ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarning muammolari hal etilmoqda
“Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-347- son qaroriga asosan Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Oltinko‘l tumanidagi Qipchoq mahallasida yashovchi ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Xususan, joriy yilning 4-dekabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tashabbusi bilan Qipchoq mahallasining Soygizar ko‘chasi 24-uyda istiqomat qiluvchi Mamlakatxon Alimovaning yashash xonadonining sharoitini yaxshilash uchun qurilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Qipchoq mahallasidagi Soadatli ko‘chasini shag‘allashtirilishda aʼmaliy yordam so‘rab qilingan murojaat yuzasidan ham shag‘allashtirish ishlari olib borilyapti.
Hozirda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarni o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarini tez fursatda hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati