4 Iyul 2024 yil 1325

Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-iyul kuni Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlarining tantanali bitiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirga taʼlim muassasasining ustoz-murabbiylari, bitiruvchilarning ota-onalari va boshqa yaqinlari ham taklif etildi.

Bitiruv tadbirida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirok etib, katta hayot ostonasida turgan barcha yoshlarga boshqarma boshlig‘ining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Maʼlumot o‘rnida, kasb-hunar maktabida 2023-2024-o‘quv yilida 400 nafar o‘quvchi-yoshlar taʼlimni tamomlab, katta hayot sari qadam qo‘ymoqdalar.

Tadbirda mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni xar tomonlama barkamol inson etib tarbiyalashdagi mehnati hamda xizmat faoliyati davomida hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelganligi uchun guruh ustoz-murabbiylarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari va qimmatbaho esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech