Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi
Joriy yilning 1-aprel kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.
Tadbir davomida taʼlim muassasasi hududiga 200 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ushbu ekilgan ko‘chatlar ishtirokchilarning avlodlarga ham go‘zal muhit qoldirish harakatlarini ifodaladi. Ko‘chat ekkan insonda xayrli tashabbuslarga ergashish kayfiyati uyg‘onishi bor gap. Tadbirning maqsadi ham shu edi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularnig huquqiy bilim saviyasini oshirish, belgilangan tartib-intizomga rioya qilishlari borasida o‘quvchi-yoshlar bilan yaqindan suhbat olib borildi.
Hozirda kasb-hunar maktabida bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati