19 Oktyabr 2024 yil 2597

Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining umumtaʼlim maktablarini otaliqqa olish orqali o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek maktablarda oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etilishiga tashkiliy-metodik jihatidan ko‘maklashish maqsadida 2024 yil 25 iyundagi “Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalariga umumiy o‘rta taʼlim maktablarini biriktirish to‘g‘risida”gi 345-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Mazkur buyruqqa asosan otaliqqa olingan maktablarga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha biriktirilgan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedralariga doimiy ravishda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan taʼlim jarayonini tashkil etish va natijadorligini oshirishga uslubiy-metodik ko‘maklashish, o‘quvchilarda yuksak vatanparvarlik va fidoyilik xislatlarini bosqichma-bosqich shakllantirish orqali ular orasida ichki ishlar organlari tizimi uchun kadrlar zahirasini yaratish tizimini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida qiziqishidan kelib chiqib, ularni kasb-hunar hamda fan to‘garaklariga yo‘naltirish kabi vazifalar yuklatildi.

Shu vazifalardan kelib chiqib, Akademiya boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra viloyatlar bo‘yicha yuqoridagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan ishchi guruh tarkibi tuzildi.

Andijon viloyati bo‘yicha masʼul Akademiya jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi dotsenti podpolkovnik Q.B.Qodirov hamda viloyat IIBning hududiy bo‘linmalari vakillari bilan birgalikda shu yilning 18-19 oktbyar kunlari Xonobod shahar 2-sonli, Qo‘rg‘ontepa tumani 29-sonli, Jalaquduq tumani 51-sonli, Xo‘jaobod tumani 17-sonli hamda Buloqboshi tumani 4-sonli maktablarida davra suhbatlari, “Mahorat darslari” va “Men kim bo‘lmoqchiman” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bu kabi tadbirlar Andijon viloyatining boshqa shahar va tumanlarida ham davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech