Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlari bilan "Tengdoshimga huquqiy yordam" tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabr kunidagi "2024-2025 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan nazorat rejasi ishlab chiqilib, ichki ishlar organlariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali "Tengdoshimga huquqiy yordam" tadbirlarini o‘tkazib borish vazifasi belgilangan.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining ko‘rsatmasi hamda boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan Andijon shahridagi 4-son kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlarining tashrifi tashkil etildi.
Tadbirda boshqarmada xizmat olib borayotgan huquqshunoslik mutaxassisligiga ega yosh xodimlar bilan birgalikda "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan uchrashuvda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlar o‘rtasida turli jinoyatlarni oldini olish va jinoyatlarga qarshi sog‘lom immunitet hosil qilish talab va majburiyatning eng yuqorisida turuvchi vazifa ekanligini, qolaversa, ushbu jarayonda huquqiy savodxonlikni oshirishlarini, o‘spirin yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan o‘g‘irlik, talonchilik, bosqinchilik, qasddan tan jarohati yetkazish, noqonuniy kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarni isteʼmol qilishga yo‘l qo‘ymaslik hamda shu kabi jinoyatlarni oldini olish borasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarga kiberxavfsizlik to‘g‘risida tushunchalarini oshirish maqsadida boshqarma Kirberxavsizlik bo‘limida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar tomonidan kiber jinoyatlar, ularning turlari, uning oqibatlari to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar yetkazildi. Shu bilan birga, kiber yordamchi platformasi haqida ham amaliy tushunchalar berildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha masʼullarga yuzlanib, kerakli bo‘lgan javoblarni oldilar.
Bundan tashqari, o‘quvchi-yoshlarni Andijon viloyati IIBning “Shon-sharaf” muzeyiga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida 3 ta davrga oid bo‘lgan muzeyda o‘quvchilarga O‘rta osiyoning ichki xavfsizligi tarixi, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining tashkil topishi, unda hizmat faoliyatini olib borgan xodimlarning jasorati hamda hozirgi kunga qadar ichki ishlar tizimida foydalanib kelingan asbob uskunalarning rivojlanish tarixi shuningdek, o‘sha davrga oid eksponatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan tadbirlar o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini yana-da oshirishga, ularni vatanparvarlik ruxida kamol topishi va yuksak maʼnaviyatli shaxslar bo‘lib yetishishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati