Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning muammolarini o‘rganish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda Ichki ishlar vazirining 2024-yil 13-yanvardagi “Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash hamda ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda aniq va maqsadli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 4-iyun kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan Oltinko‘l tumanining Qipchoq mahallasidagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Qipchoq mahallasining Saodatli ko‘chasida yashovchi otaliqqa olingan Xakimov Abdulaziz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishida yordam so‘rab murojaat qildi.
Ushbu murojaat bo‘yicha aniq va maqsadli chora tadbir belgilab olinib, imtiyozli kredit ajratilishi tez kunlarda mutasaddi idoralar tomonidan hal etiladigan bo‘ldi.
Hozirda bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati