22 Avgust 2024 yil 1073

Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadiga qaratilgan “Jasorat maktabi” loyihasining navbatdagi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda Ichki ishlar vazirining shu yilning 13 yanvardagi  “Ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda viloyatning 3-sektor hududlarida yashovchi otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik madaniyatini yana-da yuksaltirish maqsadida joriy yilning 12 avgustdan 22 avgustga qadar “Jasorat maktabi” loyihasining navbatdagi mavsumi tashkil etildi.

O‘n kunlik harbiy sog‘lomlashtirish oromgohida 100 nafar yoshlar uchun maxsus dastur asosida loyiha va mashg‘ulotlar, harbiy bilim va ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, loyiha yakuni bo‘yicha faol ishtirok etgan yoshlarga tantanali ravishda maxsus sertifikatlar topshirildi.

Hozirda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech